Get Mystery Box with random crypto!

'Suhbatlarimiz chiroyli bo'lishi mumkin, odamlarning ko'zidan | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

"Suhbatlarimiz chiroyli bo'lishi mumkin, odamlarning ko'zidan yosh chiqadigan gaplar gapirish, qoyil qolib, ertaga uch-to'rt kun gapirib, falonchi gapni qoyil qildi, deyish ham mumkin. Ammo shu gap gapligicha qolsa, buning nima foydasi bor? Hech bo'lmasa, bitta suhbatdan bitta so'zni amalga olaylik. Mayli, hammasini bajara olmasmiz, lekin "Men mana shu narsani bilmas ekanman, endi bildim, shunda bir amal qilay", deb ko'chaga chiqqandan keyin shunga urinib ko'raylik - Alloh xohlasa, hammasi yaxshi bo'lib ketadi! Ana shunda axloq ma'nosi ko'tariladi, qalbimiz poklanadi, nafsimiz jilovlanadi, bizni yomonlikka tortmaydi".

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh