Get Mystery Box with random crypto!

To'g'ri, ba'zan insonlarga ichingni ochging, ularga dardlaring | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

To'g'ri, ba'zan insonlarga ichingni ochging, ularga dardlaringni anglatging keladi. "Tushunmaydilar meni" dersan ham. Lekin nega dardlaringni ko'rib, ularga yechim berayotgan, senga bildirmasdanturib himoya qilayotgan, hayotingdan sen uchun xayrsiz insonlarni olib tashlayotgan, seni faqat O'ziga chorlayotgan Robbing bor ekan, nega tushkun yuraverasan? Nega doim insonlardan xafa bo'lib, o'z qobig'ingga o'ralib olasan? Bilasan-ku, dunyoda Allohdan o'zgasi seni tamomila tushunmasligini.

Qachon hayotingda bo'layotgan sinovlarni atrofdagilardan deb bilishni to'xtatasan? Qachon shunchaki so'zlardan chekinib, aytayotganlaringga amal qilishni boshlaysan? Birov meni tushunmaydi deyishdan avval, qachon o'zingni tushunishni boshlaysan? Insonlarga yaxshilik qilib, ulardan senga o'sha qilganlaringni qaytishini qachongacha kutib o'tirmoqchisan? Birovlarni xatolarini ketma-ket sanab o'tirgandan, o'zingni gunohlaring uchun javob berishni qachon o'ylamoqchisan? Ishlaring yurishmasa, nima narsaga qo'l ursang, hech bir yaxshilik senga yetmasa, buni bir hikmati bordir deb o'ylaysanmi? Xafalik, ranjish hayotingni orqaga tortayotganini his qilganmisan hech?

Atrofingdagilarni qo'y. Senga qanday munosabatda bo'lishlarini istasang, avval ularga ham o'zing shunday munosabatda bo'l. Kutayotganlaring senga kutganlaringni senga berishmadimi? Unda avval o'zing qadam tashla, agar shunda ham sen tomon qadam tashlashmasa, unda ularni o'z hollariga qo'y. Hech kimga haddan ortiq ishonma, ishonganing bir kun kelib seni sotishi, yoki ishonmaganlaring seni ishonchingni qozonishi mumkin. Kitoblar o'qi, ularga amal qil. Yaxshilik qilsang evazsiz qil, xazinasi tugamaydigan Zot tomonidan savob, ya'ni, mukofot berilishini o'yla-da, xursand bo'laver, hech qachon "Men unga shu yaxshilikni qilgandim, endi esa menga qaytmadi" deb fikr qilma. "Ular xato qilishdi", deya o'ylashdan avval "Men qayerda xato qildim" deya o'ylashni ham o'rgan. Vaziyatlardan osonlikcha faqat o'zingni oqlab chiqib ketishni emas, ularga chiroyli bahram berishni ham bil. Allohga yaqin bo'l.

Sen Allohga ishonib o'zgarishni boshla, shunda barchasi yaxshi bo'ladi!