Get Mystery Box with random crypto!

Allohga mahbub narsa men uchun ham mahbubdir Abu Ali Roziy ay | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Allohga mahbub narsa men uchun ham mahbubdir

Abu Ali Roziy aytadi: “Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh bilan o’ttiz yil birga bo’ldim. Doim xomush yurar, biror bora kulgani yoki tabassum qilganini ko’rmadim.
O’g’li Ali vafot qilgan kuni kulgani va tabassum bilan yurganini ko’rib, bu haqida so’radim. Shunda u zot: “Darhaqiqat, Alloh taologa bir ish mahbub bo’ldi. Men ham Allohga mahbub bo’lgan ishni yaxshi ko’rdim”, - dedi.

Yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdandir! Bu aqidamizning ajralmas qismi.
Alloh taoloning behikmat va manfaatsiz ishi bo’lmaydi.
Ko’ra olsak, bas!


“Ne’mat egasini unutma” kitobidan.