Get Mystery Box with random crypto!

Yozmoq yaradir, o’qimoq malham… Sen istagan narsalar bo’lmay | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Yozmoq yaradir, o’qimoq malham…


Sen istagan narsalar bo’lmayaptimi? “Alloh meni yaxshi ko’rmaydi” degan o’ylar seni qiynamoqdami? Unday o’ylama, qachon Robbing sen uchun yomonlikni istadi?

Hamma qo’lingdan qo’yib yuborganda, yaralaringga oyatlari orqali malham bo’lmadimi?
Namoz ila ruhingga shifo bermadimi?
Duolaringni xayrlisini ijobat qilib, senga yanada yaqinligini eslatmadimi?

Bandalari orqali ba’zan dars olasan, ba’zan dars berasan. Bularni ham barchasi sening foydang uchun.

Ishing o’xshamayaptimi? Tushkunlik seni qurshab olmasin. Tavakkal qilib, har odimda Alloh deya ish boshlayver. Agar o’sha ish sening oxirating uchun foydali bo’lmasa, Robbing bir yo’lini qilib, seni undan uzoqlashtiradi. O’zing hamda oxirating uchun zararga ishlamasa, seni u yo’l tomon burib qo’yadi.


U istagan narsalarda davomli bo’l, shunda yanada suyukli ekaningni his qilasan. U qalbingga nimaniki solsa, faqat sening yaxshiliging uchun.


@paradise_pg