Get Mystery Box with random crypto!

Tug’ilgan kuning bilan Super Maks! Garchand Sen Paxtakor libo | 🦁 PAKHTAKOR 🇺🇿

Tug’ilgan kuning bilan Super Maks!

Garchand Sen Paxtakor libosida maydonga tushmagan bo’lsangda, sening bolaliging bevosita Paxtakor bilan bog’liq. Asl Paxtakor DNKasi aslida senda bor!

Sen bilan kelayotgan 3 yilda katta ishlarni qilishga, Paxtakor emblemasidagi yulduzlari sonini 3taga yetkazishni istaymiz. Jamoamizga xarakter olib kirding, Lobanovskiyni Dinamo Kiyevda qilgan ishlarini barchamiz bilamiz, bizni Osiyoda mana shunday kuchga ega klub sifatida shakllantirishini istaymiz.

Paxtakor muxlislari mehnatning qadriga doim yetib kelgan, bugun jamoamiz o’yinida o’zgarishni ko’ryapmiz, buning uchun Senga rahmat!

Sening qo’lingda mamlakatning eng yaxshi akademiyasi va undan chiqib kelayotgan iste’dodlar bor, biz sen bilan chempion bo’lishimizga ishonamiz, tug’ilgan kuning bilan, Maks!

@Pakhtakor

https://t.me/joinchat/VtBBtSJP7zpTkynp