Get Mystery Box with random crypto!

Achchiq hikoya Tong. Ikki tomchi suvdek bir-biriga o'xshash k | 𝙿𝚊𝚒𝚗🖤

Achchiq hikoya

Tong. Ikki tomchi suvdek bir-biriga o'xshash kunlarimning navbatdagisini ham sigaret chekish bilan boshladim. O'qishga borish kerak. Bundan bir-necha yil avval men tahsil olishni orzu qilgan, ikki yil to'yib uxlashdan voz kechib dars tayyorlashimga sababchi bo'lgan universitetga borish bugun malol kelyapdi. Inson zoti unutishga moyil Biror narsaga erishish uchun qilgan mehnatlarini, azob- uqubatlarni, ayniqsa unga qilingan yaxshiliklarni.
Avtobus bekatigacha yo'l unchalik uzoq emas. Bitta segaretni chekishga ulgurib - ulgurmay qolaman. Bir bor kulib qarashimdan umidvor qizlarning hafsalasini pir qilib qovog'imni uyib bormoqdaman. Nega xafaman? Ish bo'lsa tayin, ishlasam pul bor. Sog'ligim joyida. Meni xomushligimning yagona sababi bu masofa, uzoqlik. Uydan, yaqinlarimdan.sevganimdan va Allohdan.
Avtobusda joy keng. Bittasi kelib oyog'imni bosdi. Bu ishda uni ayblamayman. Farosatsiz bo'lib tug'ilishni uning o'zi tanlamaganku axir!
Universitet. O'zimni kopchilik ichida yomon tutaman. Chunki nafratlanaman.Soxtalikdan nafratlanaman.
Falsafa darsida "Korrupsiya" mavzusi o'tildi. Eng "aqlli" o'quvchilar guruhga Korrupsiyani, tanish bilishchilikni yo'qotish haqida turli fikrlar berdi va bu illatlarga nisbatan nafratini izhor qildi. Dars tugadi. Keyingi dars Matematika. Mustaqil ish juda ko'p degan e'tirozlar ko'paydi. Va o'sha Korrupsiyadan nafratlanadigan "eng aqlli"lar o'qituvchi bilan 3 yildan buyon tanishligini, bularning ham o'qituvchiga foydasi tegib qolishi mumkin ekanini tushuntirish bilan band... Men nega nafratlanmay?
Taraqqiyot haqida gap ketganda jamiyat birlashishi va bir-biriga yordam berishi kerak ekanligi haqida baralla gapiradilar. Kelajakda o'zi faoliyat olib boradigan kollektivga o'zgacha ijobiy muhit olib kirishi haqidagi gaplarga o'zlari ishonishadi. Lekin hozir o'qib turgan guruhda kimdir fanlarni o'zlashtirishga qiynalsa ular jim. Ulardan yordam so'rashsa o'zlarini najotkor farishtadek, ularsiz hech ish bitmaydigandek his qilib muomala qiladilar. Men nega nafratlanmay?
Va o'zim nafratlangan: soxtalik qilib yurgan kishilarimga yaxshi muomalada bo'lolmayman. Bu soxtalik ko'zimga dunyodagi eng jirkanch illat bo'lib ko'rinadi. Qo'polligimning sababi shu oʻy hayollar aslida.
Masofalar meni qiynaydi. Uzoqlik. Uydan, yaqinlarimdan, sevganimdan va Allohdan.

Javohir Jaloliddinov

Kanalimizga ulaning:
Telegram | Instagram