Get Mystery Box with random crypto!

#Mantiq Agar biz sababiyat dunyosida yashayotgan boʻlsak, dem | Ozod Shams | Kundalik

#Mantiq

Agar biz sababiyat dunyosida yashayotgan boʻlsak, demak-ki bizning egallab turgan mavqeimizdan nolishga haqqimiz yoʻq.

Demak hamma ayb ham javobgarlik ham oʻzimizda, sababini qilsak edi, natijasini koʻrmasmidik.!?

Toʻgʻri bu dunyoni adolatiga aqlimiz yetmaydi, lekin fikr qila olishimiz mumkin, bir narsa aniq-ki biz oʻzimiz loyiq boʻlgan joyda turibmiz.

Loyiq boʻlganimiz uchun shu kunlar boshimizda.

Loyiq boʻlganimiz uchun shu kabi hukmdorlar bizga roʻbaroʻ qilindi.

Loyiq boʻlganimiz uchun biz 40 ta kambagʻal davlatlar ichidamiz.

Loyiq boʻlganimiz uchun mustamlaka (nafaqat Markaziy Osiyo) qilinganmiz.

Loyiq boʻlganimiz uchun hozir erksizlik ichra hayot kechiryapmiz.

Loyiq boʻlganimiz uchun bemaqsad, bemaʼno ishlar ichida oʻralashib yuribmiz.

Agar biz ega boʻlganimizdan yaxshisiga munosib boʻlganimizda edi, bizning hozirgi holatimiz biz uchun zulm boʻlib qolmasmidi.!?
Zero bizni Yaratgan zot zolim emas..!

Demak kamchiliklar oʻzimizda, hammamizda, bizning miyamizda.

Hayotga dunyoqarashim kundan-kunga oʻzgarib boryapti. Hammasi oʻzimizga savol berishdan boshlanar ekan.

Toʻgʻri savol berishni boshlashimiz kerak. Bizga toʻsiq boʻlib turgan odam eng avvalo oʻzimiz ekanini tushunishimiz kerak.

Men tanigan daholar, yetuk shaxslar oʻziga bu savollarni berishni 7-12 yoshdan boshlagan.

Toʻgʻri ularda muhit ham shunga yarasha boʻlgan. Ammo mantiqiy olib qaralsa esa ular shu muhitga loyiq boʻlgan.

Albatta, Alloh biror qavm o'zlaridagi narsani o'zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani o'zgartirmas. (Qurʼon_Ra'd_11)

@OzodShams_Kundalik