Get Mystery Box with random crypto!

Davlatning Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM) bir yil davomida ishla | Ozod Shams | Kundalik

Davlatning Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM) bir yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning so‘ngi bozor qiymati bo‘lib, bu ko‘rsatkich har bir aholi yoki guruhning umumiy farovonligini ko‘rsatib bera olmasa-da, butun boshli iqtisodiyotni aks ettirib bera oladi.

[Bu yerda siz davlatlarning YaIM ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingini ko‘rsangiz bo‘ladi.]

Eng so‘ngi (eng so‘ngi ≠ eng aniq) statistik maʼlumotlar milliy statistik qo‘mita orqali eʼlon qilingani uchun ham, ko‘p hollarda, ayniqsa avtoritar davlatlarda, YaIMni bo‘rtirib ko‘rsatish holatlari uchrab turadi. Shu bilan hukumat o‘zining qilayotgan avtoritar tizimini go‘yo xalq va xalqaro jamiyat oldida oqlamoqchi bo‘ladi.