Get Mystery Box with random crypto!

Aslida hamma ota-onalarni ogohlikka chaqiraman. Bu postni maks | Ozodbek Online

Aslida hamma ota-onalarni ogohlikka chaqiraman. Bu postni maksimal repost qiling.

Onlayn o'yinlar (1-qism)

3 yoshli jiyanimning qo'lida telefon, youtube shorts ko'radi. Hechkim nazorat qilmaydi va u youtube akkount otasi yoki onasi nomiga ochilgan. U yerdan har xil ruhdagi ta'qiqlangan videolar ham chiqadi. BOLANGIZGA O'ZINGIZNI TELEFONINGIZNI BERMANG!


PUBG MOBILE o'ynaydigan bolalar uchun Parent Control o'rnatishingiz va bir kunda yoshiga va o'zlashtirish darajasiga qarab 30-60 minutdan oshiq o'ynashiga ruxsat bermang. Keling tushuntiraman:

Real hayotda muvaffaqiyatga erishish qiyin va onlayn o'yinlarga o'rganib qolgan bolalar o'zlarini hayotda kuchsiz deb hisoblay boshlashadi va o'zlari qurgan olamning ichida qudratli bo'lishga harakat qilish hissi ularning qo'lidagi telefonni qo'yishlaridan qaytaradi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadi-ki, onlayn o'yinlarga o'rganish 4 ta bosqichga bo'linadi:
- Boshlang'ich o'rganish: Bu bosqichda bolalar o'yinlar bilan tanishishi, tez zerikishi, ba'zan hayratlanishi mumkin. Bu bosqichda bola o'zi uchun mos o'yin qidiradi;
- Chuqur qiziqish: Bu bosqichda telefon yoki onlayn o'yin bolaning asosiy qiziqishlarini qamrab oladi. Boshqa barcha kasblar, sohalar u uchun ahamiyatsizlashib boradi. Aynan shu bosqichda bolani o'yindan chiqarish osonroq. O'qishdagi natijalar pastlay boshlaydi.
- O'yinning inson ongini egallash jarayoni, yoki manqurtlashish: Bu bosqichda hali o'zining to'liq fikrlashi, maqsadi bo'lmagan bolaning ongini o'yinning mafkurasi to'liq egallaydi va bu bosqichda bolada ota-onaga nisbatan baqirishlar, hurmatsizliklar paydo bo'ladi. Bu bosqichda bolaning asosiy ishi o'yin o'ynash va kuniga 6-8 soatgacha o'yin o'ynashi mumkin. Bu bosqichdan chiqarish uchun ko'p vaqt ketadi va bolaning bandlik darajasini sekin-sekin ko'tarib borish kerak.
- Manqurtlik: Bu bosqichda bolani deyarli onlayn o'yindan ajratib bo'lmaydi va bola suiqasd qilishga juda yaqin bo'ladi. Mutaxassislar bu bosqichdagi bolalarni lagerlarda tarbiyalashni tavsiya qilishadi. Bu bosqichda katta bo'lgan bolalar qo'poruvchilikka moyil bo'lishadi va deyarli fikrlash qobiliyatlarini yo'qotishadi.

O'yin o'ynashni qoralab bo'lmaydi, ammo unga o'rganib qolish, uni hayotning asl maqsadi qilish bu ota-ona, aka-opaning ukasining haqqini yeyishi.

Ko'plab davlatlarda onlayn o'yinlar ta'qiqlangan va kasallik sifatida tan olinadi. Har bir yosh kelajagiga befarq bo'lmagan davlat bu uchun ota-onaga jarimalar joriy etishi kerak.
Man farzandimni, ukamni jismonan kuchsiz, past dunyoqarashli, ruhan zaif inson bo'lishini xohlamayman.
@yunus_code