Get Mystery Box with random crypto!

#moment Xonam derazasi ochiq holda, ichkarida dars qilib oʻti | Ummu Abiyha

#moment

Xonam derazasi ochiq holda, ichkarida dars qilib oʻtiribman. Koʻchadagi aks-sado hech qanday uzilishlarsiz eshitilib turibdi. (Odatda bu payti ko'chadagi shovqin tinchib qoladi.) Xullas, hozir tashqaridagi bir ota va 4 yoki 5 yoshli qizning yoqimli suhbati qulogʻim ostida jaranglab turibdi... Ota qizining har bir savoliga muloyimlik bilan javob qaytarib, qizchaning tili kelishmagan soʻzlarini takrorlab, uni sizlab muomala qilyapti. Bularni eshitib yuzimga tabassum yugurdi. His qilganga, qanday ajoyib holat-aaa.

P.s Otalardek qizlariga mehribon kishi boʻlmasa kerak bu hayotda. Baxtimizga sogʻ boʻlishsin, ilohim.

ummu_abiyha