Get Mystery Box with random crypto!

Men o‘sha, Yoshlikning yon daftarida, Yarimi kesilgan suratdag | 𝙾'𝚉𝙸𝙽𝙶𝙶𝙰 𝚇𝚄𝚂𝙷 𝙺𝙴𝙻𝙳𝙸𝙽𝙶

Men o‘sha,
Yoshlikning yon daftarida,
Yarimi kesilgan suratdagi qiz.
Men o‘sha bir qadam sizdan narida,
Baxtga yetolmayin yashayman yolg‘iz.

Siz o‘sha,
Bir bora yo‘limni poylab,
Yo qo‘shni boladan  yo‘llamagan xat.
Siz o‘sha yor-yorni tinglagan yig‘lab,
Sevgi deganiga o‘qilgan la’nat!

Men o‘sha,
Qismatga jim egilgan bosh,
Va ota izmiga ko‘ngan palahmon.
Men o‘sha,
temirdan yasalgan bardosh,
Va qirqta bo‘lakka maydalangan jon!

Siz o‘sha,
Suymagan yorini quchib,
ishqning olovida erimagan muz.
Siz o‘sha yolg‘ondan qasamlar ichib,
Kimning ko‘z yoshiga aralashgan tuz!

Men o‘sha,
Hattoki hayollarida,
Sizni o‘ylamoqni hiyonat bilgan,
Men o‘sha har tongda qurisin deya,
Yotgan yostug‘ini quyoshga ilgan!

Malika Salimova