Get Mystery Box with random crypto!

O'zimga ayon

Telegram kanalining logotibi ozimga_ayon — O'zimga ayon O
Telegram kanalining logotibi ozimga_ayon — O'zimga ayon
Kanal manzili: @ozimga_ayon
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-09-12 19:19:26
20 views16:19
Ochish/sharhlash
2022-09-08 16:47:58
28 views13:47
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:59:58
6 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 07:16:35
Senga har kuni gullar berishi emas, seni qalbida guldek avaylashlidir sevgi...
6 views04:16
Ochish/sharhlash
2022-09-05 16:48:50
Endi menga desa qulasin osmon,
Daryolar ortiga oqsin, ishim yoʻq!
Endi men jonimga joylagan inson,
Hammadan azizroq bilgan kishim yoʻq!

Endi menga desa tugasin umr,
Kim bor yana mendan alam olmadi?
Shamol, kel, istasang koʻksimni yemir,
Yurak deb atalar yerim qolmadi!

Ohlarim jim boʻling, chiqarmang ovoz,
Meni tushunmaydi baribir hech kim,
Bor-yoʻgʻi birovni sevardim holos,
Bir necha kun oldin undan voz kechdim!

Endi menga desa ustimdan kuling,
Agar gʻiring desam odammasman men.
Gapiring, jim turmang, dadilroq boʻling,
Kimga ishondingu, endi kimsan deng!

Faqat bitta narsa qiladi alam,
Faqat bir narsaga chidab boʻlmadi.
Bitta nomardni deb, istamasam ham,
Odam degan zotga ishonch qolmadi!

Endi menga desa...
116 views13:48
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:48:54
64 views05:48
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:48:34
Мени йиғламайди дея сизга ким айтди,
Ким кириб чиқибди менинг теримга.
Қўйинг, билиб туриб яна мих қоқманг,
Ҳаммадан ҳам кўпроқ оғрир еримга.

Мени йиғламайди дея сизга ким айтди,
Кўнглимдан тошларни терганлар борми?
Тўғриси, шу сўнги кунлар ичида,
Йиғламай юрганим кўрганлар борми?

Мен ҳам иссиқ жонман, менда ҳам қалб бор,
Ўйламанг, дардлардан дийдаси қотган.
Уйимда биронта бурчак қолмаган,
Мен бориб беркиниб, йиғламай ётган!

Шу ҳам гап бўлдими,
Мен ҳам аёлман,
Йиғламаган аёл қандай бўлади.
Бир кун йиғламасам, эртаси албат,
Чўкиб ўлди деган ҳабар келади!

Мени йиғламайди дея сизга ким айтди,
Тилкаланган тунлар бўлсин гувоҳим.
Ҳаммани ясашга лой қорган пайти,
Бардошдан ясаган мени Аллоҳим!
7 views05:48
Ochish/sharhlash
2022-09-04 10:57:25
* * *

Kel, barini boshlaymiz boshdan,
Qoʻy, qiynadik koʻngilni gʻashlab.
Va yurakni yasatib toshdan.
Bu safar men ketaman tashlab.

Sen boʻlasan bu safar majnun,
Hijron seni tutadi oʻqqa.
Men bariga yasayman yakun,
Chiqaraman barini yoʻqqa!

Kel, boshqatdan boshlaymiz...
Bu gal,
Chin sevasan, men esa yolgʻon.
Sen boʻlasan yoʻlimga mahtal,
Men boʻlaman dimogʻi osmon!

Va bu safar sevdirgunimcha,
Poyinga gul tashlayman toʻshab.
Yonganmidim sen deb ozmuncha,
Joni tekin telbaga oʻxshab?!

Endi kelsin senga ham navbat,
Shunday sevki, chidab boʻlmasin!
Menga oʻyin boʻlsin muxabbat,
Senda boshqa chora qolmasin!

Kel, booooshidan boshlaymiz,
Keyin,
Shirin soʻzlab seni etgum rom.
Soʻng mehrsiz qoʻyib atayin!
Seni barbod qilay batamom!

Koʻngil shaxring darvozasin och,
Oq bayroqni qoʻy baland ilib.
Keyin mayli qayga qochsang, qoch,
Eng rahmsiz yovligim bilib!

Kel, boshidan boshlaymiz,
Qoʻrqma,
Men senchalik vahshiy emasman!
Tashlab ketsang oʻlaman dema,
Men qon ichib, yurak yemasman!

Men senchalik vahshiy emasman!
8 views07:57
Ochish/sharhlash
2022-09-04 10:43:17
Kel, barini boshlaymiz boshdan...
8 views07:43
Ochish/sharhlash