Get Mystery Box with random crypto!

NAZORAT QILUVCHI SAVOLLAR Har birimizni orzu maqsadlarimiz b | O'zgarishlar_sari

NAZORAT QILUVCHI SAVOLLAR

Har birimizni orzu maqsadlarimiz bor va ularga erishishni xohlaymiz, lekin gohida vaqtimizni bizni maqsadimizga eltib bormaydigan narsalarga ketkizamiz.

Qarabmizki kunimizni bizga kerakmas yumushlarga sarf qilamiz. Bu holat barchamizda bo'lib turadi.

Hatto rejalashtirib qo'ysak ham rejalarimizga qaramaymiz gohida. Kundalik yumushlar bilan chalg'ib ketamiz.

Bilasizmi, har safar maqsadlarga erishmasak yoki rejadagi ishlarni bajarmasak o'zimizga bo'lgan ishonch sustlashadi, bu esa motivatsiyamiz yo'qolishiga sabab bo'ladi.

Ertalab uyg'ongimiz kelmaydi. Dangasalik o'z domiga tortishni boshlaydi.


Sizda shunday muammo bo'lishini xohlamayman! Aynan shuning uchun sizga o'zingizni nazarot qilib borishingiz uchun, o'zimga har kuni ertalab va kechasi beradigan savollar to'plamida ikkitasini aytib o'taman.

Birinchi savolni har kuni ertalab beraman: "Men bugun maqsadimga erishishim uchun nimalar qilishim kerak?" Bu savolga javob yozaman va reja daftarimga yozib qo'yaman.

Ikkinchi savolni uxlashdan oldin o'zimga beraman: "Men bugun maqsadimga erishish uchun nimalar qildim?" Buni esa "Fikrlarim" deb nomlanuvchi daftarimga yozaman.

Shu orqali men fokusimni maqsadimga eltuvchi ishlarda tutaman. Bu mening metodlarimdan bittasi.

Buni amalda qo'llashni hoziroq boshlang!

Muallif: Javlonbek Ibragimov
Shaxsiy rivojlanish bo'yicha kouch va praktik.

Esingizda bo'lsin! Amalda qo'llamasangiz hayotingiz o'zgarmaydi.

Kanalimiz: http://t.me/ozgarishlar_sari