Get Mystery Box with random crypto!

'Oʻzingizga qanchalik qattiqqoʻllik bilan yondashsangiz, hayot | O'zgarish Sari

"Oʻzingizga qanchalik qattiqqoʻllik bilan yondashsangiz, hayot sizga shunchalik yumshoqlik bilan yondashadi!"
Oʻlsang kim yigʻlaydi kitobidan

Men juda koʻp marotaba oʻzgarishni xohlayman degan lekin shu bilan oʻz jonini qiynagisi kelmaydigan odamlarni koʻrdim.

Albatta, aynan shuning uchun ular hayotini oʻzgartira olmaganini qayta — qayta guvohi boʻlganman! Bu juda achinarli edi.

Agar siz hayotingizni oʻzgartirishni xohlasangiz oʻzingizga qattiq qoʻl boʻling ana shunda yangi foydali odatlar shakllantira olasiz! Odatlar esa sizni kelajagingizni yaratadi va oʻzgartiradi.

Oʻzingizga qattiq qoʻl boʻlish uchun nima qilish kerak?
Yaqin insoningizni oʻzingizga ustoz qiling yoki ustoz toping. Uni vazifasi bajarmagan ishlaringiz, odatlaringiz uchun sizni koyib turishdan iborat.

Misol keltiraman: Kitob oʻqish odatini shakllantirmoqchisiz. Juda yaxshi! Demak har kuni aniq bir vaqtga “Budilnik” qoʻying ! Kitob oʻqib boshlashga bittasini va kitob oʻqishni tugatish kerakligini eslatadigan bitta “Budilnik”.

Ustozingizga ayting sizni tekshirib tursin va sizga qattiq qoʻllik qilsin! Qanday jazo berishini oʻzingiz belgilang. Bugunga shular!

Keyingi maqolamda istalgan odatni osongina shakllantirishni tushuntiraman!

Muallif: Javlondek Ibragimov
Shaxsiy rivojlanish boʻyicha kouch
Biznes Konsultant

https://t.me/joinchat/AAAAAFQ0doclMsiQfqNrbg