Get Mystery Box with random crypto!

Magistratura qishki qabuli va arosat OTMlarda magistratura qi | Jahon Tillari (O’zDJTU)

Magistratura qishki qabuli va arosat

OTMlarda magistratura qishki qabulida, istisno tariqasida, til bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilmoqda. Faqat o‘qishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Yozgi va qishki qabul arosati

Magistraturaning yozgi qabulida til bilish bo‘yicha sertifikat masalasida qat’i talab bor edi.
Talab etilgan sertifikati borlar qabul qilinaverdi. Qishga kelib esa istisno qilindi va vaqtincha (qishda) bekor qilindi. Shunday ekan, nega qat’i talab shu yildan qo‘yildi? Masalan, yozda birinchi talab — diplomning o‘rtacha bali yaxshi, ammo sertifikat talabi yo‘qlar topshira olmadi. Qishga kelib esa bu talab ham bekor bo‘ldi.

Eng yomoni, qishki qabul yozda ortib qolgan kvotalarni to‘ldirish uchun bo‘lyapti. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarida deyarli kvotalar qolmagan. Yozda topshira olmay, qishgacha sertifikat olishga harakat qilgan va shu ikki OTMdan biriga topshirishni istagan talabgorga hozirda bu ikkisida “non” qolmagan. Endi u yozni kutishi kerakmi?

Qator OTMlarning magistraturasida hozirda ko‘plab kvotalar bekor turibdi. Masalan, O‘zMUning fizika fakultetida – 41 ta, kimyoda – 33 ta, biologiyada – 34 ta, matematikada – 21 ta davlat grantiga joy bor. Ammo talab yuqori bo‘lgan boshqa OTMlarning ko‘p yo‘nalishlariga hozir qishki qabul bo‘lmaydi. Chunki kvotalar yozda tugagan. Bu magistraturada o‘qish istagidagi yoshlar uchun tengsizlikni yuzaga chiqaradi, nazarimizda.

@talaba_uz_oliy_talim