Get Mystery Box with random crypto!

Chiptalar bugundan sotuvga chiqadi! Oʻzbekiston Coca Cola kub | ⚽️ Bizning Futbol 🇺🇿

Chiptalar bugundan sotuvga chiqadi!

Oʻzbekiston Coca Cola kubogi chorak finalidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00 dan boshlab, “Markaziy” oʻyingoh kassalarida sotuvga chiqadi.

Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 000 soʻm etib belgilangan.

Miqdori cheklangan chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda finaldan oldingi final maqomiga ega boʻlgan uchrashuvda sevimli jamoamizni bevosita stadionda qoʻllab-quvvatlab, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishiga madadkor boʻling, aziz muxlislar!
Eslatma: “Navbahor” – “Paxtakor” oʻyini 2 sentyabr kuni soat 20:00 da start oladi.

@Bizning_Futbol