Get Mystery Box with random crypto!

Ispaniyalik mutaxassis Anxel Lopes 'Surxon' bosh murabbiyligid | Futbol uzbekistan | OZBEKISTON FUTBOLI

Ispaniyalik mutaxassis Anxel Lopes "Surxon" bosh murabbiyligidan ketganini ma’lum qildi.

"Ushbu sarguzashtda menga hamrohlik qilgan barchaga rahmat.

Bu ajoyib va professional tajriba bo‘ldi. Garchi Termizda o‘ynamagan bo‘lsak-da, bizni qo‘llab turgan barcha muxlislardan minnatdorman.

O‘z futbolchilarimga esa shuni aytmoqchiman: men sizlarni yaxshi ko‘raman. Qo‘llab turganingiz, menga ishonganingiz va birga bo‘lganingiz uchun rahmat aytaman.

Ketish vaqti keldi. Oradan bir necha oylar o‘tib yangi chaqiruvlarni qabul qilishim kerak", - deb yozadi mutaxassis instagram sahifasida.


@OZBEKISTON_FUTBOLI