Get Mystery Box with random crypto!

Internetda tarqalgan xabarlar bo‘yicha 'Lokomotiv' PFK rasmiy | Futbol uzbekistan | OZBEKISTON FUTBOLI

Internetda tarqalgan xabarlar bo‘yicha "Lokomotiv" PFK rasmiy bayonoti

Kecha va bugun futbolga aloqador saytlarda "Lokomotiv" PFK futbolchisi, asosiy jamoa sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Shuni ma’lum qilamizki, ayni payt O‘FA "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi" ushbu masala yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Vaziyat qanday yakun topishi hamda haqiqiy aybdor(lar) topilib jazolanishi "Lokomotiv" PFK uchun ham muhim. Zero jamoamiz har doim halol o‘yin tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Biz kelishilgan uchrashuv, totalizator va har qanday pul tikish yo‘li bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga mutlaqo qarshimiz!

"Lokomotiv" PFK ushbu masala yuzasidan O‘FA va "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi"ning rasmiy xabar berishini kutishini ma’lum qiladi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

@OZBEKISTON_FUTBOLI