Get Mystery Box with random crypto!

BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov faoliyatini Qozogʻiston | Futbol Uzbekistan • Superliga

BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov faoliyatini Qozogʻiston chempionatida davom ettiradi.

Manbaning xabariga koʻra, futbolchi "Ordabasi" klubi bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasi boʻyicha bitim tuzgan. 

Joriy mavsumda Umarov Aleksandr Mixaylov bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi.

Oʻtgan mavsum oʻzbekistonlik futbolchi 27ta oʻyinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston klubida oʻzbekistonlik yana bir futbolchi Odilbek Abdumajidov toʻp tepadi.

@OZBEKISTON_FUTBOLI