2022-06-19 14:04:08
YAXSHI KUNLAR BIR KUN KELADI
Bazan gʻamlar koʻnglimiz ezar...
Goh tashvishdan qalbimiz bezar,
Lekin ishon, yuragim sezar,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Yashaymiz eng baxtiyor boʻlib,
Havas qilar oʻzgalar koʻrib,
Eslaganda qoʻyamiz kulib,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Mukofotsiz qolmas sabrimiz,
Oldindadir hali davrimiz,
Osmon qadar etib qaddimiz,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Peshonada borin koʻrgancha,
Goh quvnadik, goh koʻngil parcha.
Kuzatmoqda bizlarni barcha,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Yengilmaymiz jafolar bilan,
Biz birgamiz vafolar bilan,
Inshaalloh safolar bilan,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Toʻkis boʻlar, toʻlib barcha kam,
Unitilib ketar tashvish, gʻam.
Ishonaman bunga juda ham.
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Umid bilan olgancha nafas,
Baxtlilarga qilgancha havas.
Harakatdan toʻxtamasak bas,
Yaxshi kunlar bir kun keladi.
Sinovlarni boshdan ketkazib,
Kelishini rosa kutkazib,
Bizlarni ham baxtga yetkazib,
Yaxshi kunlar bir kun keladi....
10.4K views11:04