Get Mystery Box with random crypto!

Pul haqida ajoyib haqiqatlar Pul boʻlmasa yelkangda toʻrva. P | O'zbekcha ovoza

Pul haqida ajoyib haqiqatlar

Pul boʻlmasa yelkangda toʻrva.
Puling boʻlsa Oyga borasan, puling boʻlmasa qayga borasan.
Puling boʻlsa xaltada, dam olasan Yaltada.
Pul boʻlmasa xaltada, balo bormi Yaltada.
Dilni yayratadi pul, tilni sayratadi pul.
Puling boʻlsa olam munavvar, pul boʻlmasa butun dunyo kar.
Puling boʻlsa obod uylaring, dabdabali oʻtar toʻylaring.
Pul boʻlmasa koshonang kulba, oʻzing esa soppa-sogʻ telba.
Puling boʻlsa moshin olasan, qoʻsha-qoʻsha xotin olasan.
Puling yoʻqmi bir tiyin boʻlasan, pul boʻlmasa aniq oʻlasan.
Puli borni nozi boʻladi, puli yoʻqni qarzi boʻladi.
Puling boʻlsa toʻrga oʻtasan, puling boʻlmasa goʻrga ketasan.
Puli borlar el ichida obroʻ topar, puli yoʻqni tuyada ham itlar qopar.

@Ozbekchaovoza