Get Mystery Box with random crypto!

Kimdir seni taqvodor deb bilsa, kimdir gunohkor deb biladi… K | Oy Nuri 🌙

Kimdir seni taqvodor deb bilsa, kimdir gunohkor deb biladi…
Kimdir seni yomon deb biladi, kimdir unday, yana kimdir bunday deb biladi…
Lekin sen o‘zingning kimligingni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilasan!!!

Sendan boshqa hech kim bilmaydigan yagona sir bor. Bu - Robbing bilan bo‘lgan aloqangdir!

Birovlarning maqtoviga g‘ururlanma, haqoratidan ozorlanma!
Alloh taolo bu haqida: "Ammo inson o‘z zarariga guvohlik berguvchidir!" degan. (Qiyomat surasi, 14-oyat)

Tashvishlanganingda Allohga yaxshi gumon qil!
Xotirjamligingda Allohni zikr qil!
Qayg‘uga botganingda Allohning rahmatiga ishon!
Har qanday holatda ham Allohga istig‘for ayt!
Zero, U Zot Kuzatuvchi, Ijobat qiluvchidir!

"Astag‘firullohal ’aziym va atubu ilayh"


@OyNuri_uz