Get Mystery Box with random crypto!

Bizning ichimizda hayotimizni boshqarish uchun tuzilgan parlam | Oy Nuri 🌙

Bizning ichimizda hayotimizni boshqarish uchun tuzilgan parlament bor. Bu, albatta, QALB!

U nimanidir istab, orzu qiladi – ya’ni yangi qonun loyihasini muhokamaga qo‘yadi. Bu loyiha aql bilan birga muhokama qilinadi. Agar aql buning iloji borligini tan olsa va rozilik bersa – loyiha qonun sifatida qabul qilinadi. Ya’ni odam biror ishni qilishga ahd qiladi.

Ammo bu jarayonning eng qiyin tomoni – aqlni ko‘ndirish. U aniq isbotlar keltirilmaguncha aytilgan ish qilsa bo‘ladigan yumush ekanini tan olmaydi.

Juda ko‘p niyatlarimiz hali ahd bo‘lib ulgurmay, loyihaligidayoq aqlimiz tomonidan muhokamadan olib tashlanadi – va orzuligicha qolib ketadi.

Armonlar – sizga orzularga erishish nasib qilmaganidan emas, bunga o‘zingiz imkon bermaganingizdan mavjud.


@OyNuri_uz