Get Mystery Box with random crypto!

​Qog‘oz yaramaydi mening kunimga, Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotg | O'ylarim)

​Qog‘oz yaramaydi mening kunimga,
Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotgan yurak.
Shalviragan qog‘oz kerakmas menga
Dardimni bitgani menga tosh kerak.

Menga bir tosh kerak-osmon kabi keng,
G‘azab kabi og‘ir, g‘amday benavo...
Menga bir tosh topib berolmading, sen –
Toshlari tuproqqa aylangan dunyo!...

Usmon Azim

@Oylarim_cheksiz