Get Mystery Box with random crypto!

Savol berishdi: Nega kanalda aktivlik past? Kanal bloging bil | Oybek Boborahimov || ILM YO'LIDA

Savol berishdi: Nega kanalda aktivlik past?

Kanal bloging bilan shug'ullanish, auditoriya jalb qilish yoki maxsus bir maqsad asosida emas, o'zim uchun eslatmalar, ko'nglimga kelgan fikrlar, yurak fikr/g'uborlarga to'lganda, ularni aynan yozadiganlarim bilan chiqarishni niyat qilib ochilgan: ruhiy dalda va yengillik maqsadida!

Ba'zan kanalni rivojlantirish, reklamalar yordamida obunachilarni ko'paytirish kabi g'alamis fikrlar keladi va bunday mas'uliyatga jur'at yetishmasligini his qilib ortga qaytaman. Shuningdek, yozmalarimdan manfaat yetish ehtimoli pastligi, vaqt isrofiga sababchi bo'lib qolmoqlikdan qo'rqib ham asta sekin bu yo'lga chiqmayman.