Get Mystery Box with random crypto!

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM deb oʻz kanalimni yurgizishni bosh | Oybarchin Obidova

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM deb oʻz kanalimni yurgizishni boshlayman.
Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilarim.

"Oʻrganib keyin psixologiyaga kirish bilan oldin psixologik muammolarga tushib uni yechimini izlab psixologiyagani oʻrganib oʻz muammosini yecha olish boshqa."

Men ham Psixologiyaga xuddi shunday tarzda kirib kelganman.

Hozirda bemalol ayta olaman: juda baxtli ayolman, rafiqaman, onaman deb bemalol ayta olaman Alhamdulillah.

Oʻz hayotini butunlay oʻzgartira olgan praktik psixologman.
Shu paytgacha mingdan oshiq insonlarni psixologik muammolarini ildiz darajasida yechib ajoyib natija berganman Alhamdulillah.

Bu kanalim orqali sizlarga:
• Oʻz shaxsiy tajribamdan kelib chiqib bepul maslahatlar berib boraman
• Savollaringizga javoblar beraman
• Bepul onlayn treninglar oʻtkazaman
• Oʻz hayotimni va mijozlarimizni natijalarini ulashib boraman

Men haqimda:

Men Oybarchin Obidova praktik psixolog, shaxsiy rivojlanish bo'yicha kouch, oliy maʼlumotli psixolog konsultant man.

1988 - yil Namangan viloyati Chust tumanida ziyoli oilada tavallud topganman.

Oilaliman: Ikki nafar farzandni mehribon onasiman va sevimli rafiqaman Alhamdulillah.

Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universitetida tahsil olganman.

2018 - yildan boshlab Psixologiya sohasida oʻz mustaqil faoliyatimni boshlaganman.

Shaxnoza Maxsumovaning "Yuksalish" nomli maktabida Ezoterik Psixologiya yoʻnalishida tahsil olganman.

Ikkinchi mutaxassislik boʻyicha Nizomiyda Psixologiya fakultetida tahsil olgan.

Hozirda "Oʻzingni kashf et" psixologik markazi asoschisi va rahbariman.
Ushbu markazimiz yoʻnalishlari:

1. Oila psixologiyasi
2. Bolalar psixologiyasi
3. Notiqlik sanʼati (Oratorlik)
4. Neyrografika
5. Psixologlarni tayyorlash kurslari
6. Psixologik masalalarda individual konsultatsiyalar

Ezoterik psixologlar jamoasining tashkilotchisiman.

Koʻpgina OʻzTv koʻrsatuvlarida psixolog ekspert sifatida mehmon boʻlganman.
Jumladan: "Sevimli Tv" , "My5 Tv" , "Toshkent kanali" , "Oʻzbekiston 24" radiokanalida

@OybarchinObidova