Get Mystery Box with random crypto!

#kun_eslatmasi Duoning arabcha matni: يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوب | Oyatlar

#kun_eslatmasi

Duoning arabcha matni:
يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ

Duoning maʼnosi:
“Ey qalblarni aylantirib turuvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil”.

Shahr ibn Havshab roziyallohu anhu Ummu Salama roziyallohu anhoga:
“Ey mo'minlarning onasi! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning oldingizda bo'lganlarida aksari duolari qandoq bo'lar edi?”, dedi. Ummu Salama roziyallohu anho: “U zotning aksari duolari «Ey qalblarni aylantirib turuvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil” edi. Bas, men: “Allohning Rasuli! Bu duoni buncha ham ko'p qilasiz-a?”, dedim. “Ey Ummu Salama! Qalbi Allohning ikki panjasi orasida bo'lmagan biror odam yo'q. Kimni xohlasa, qoim qiladi, kimni xohlasa, toydiradi”, dedilar».
(Termiziy rivoyati)

Qur'onga tashna qalblar manzili
@oyatlar_pg