Get Mystery Box with random crypto!

Yuragimning oynasi qirov.... Yuragimning oynasi qirov, Sogʼin | ✨ Oy_nuri_uz ✨

Yuragimning oynasi qirov....

Yuragimning oynasi qirov,
Sogʼinchlarim eritsa zora.
Holing nechuk demadi birov,
Faqat onam keldi bechora...

Qarogʼimda koʼrinmas shodlik,
Tuygʼularim tiniqqan, tingan.
Yuragimda sogʼinchlar totlik,
Onajonim, senga boryapman.

Kaftingdagi taqdir yoʼlimas,
U joningda joʼsh urgan jurʼat.
Oq sochlaring baxtning gulimas,
Аjinlaring – men chizgan suvrat!

Yoʼllarimga termulgan koʼzing,
Qimtinasan sogʼinchdan xasta.
Quyosh kabi nur sochar yuzing,
Borligʼimga mehring vobasta.

Аro kiray deya joningga,
Sheʼriy izhor aytyapman yana.
Men qishloqqa, sening yoningga,
Va qalbimga qaytyapman ona!

Yuragimda sogʼinchlar totlik,
Qarogʼimda koʼrinmas shodlik,
Onajonim, senga boryapman.
Men qishloqqa, sening yoningga,
Va qalbingga qaytyapman ona!

Mohi Nur

Telegram | Instagram | Facebook