Get Mystery Box with random crypto!

Banda Allohning sevgisiga ikki yo'l bilan erishadi. Yo ilm bil | Oxiratingiz uchun yashang📔🔇

Banda Allohning sevgisiga ikki yo'l bilan erishadi. Yo ilm bilan izlab, topadi yohud Alloh tomonidan tanlab olinadi.

Robbimizga muhabbatimiz taslimiyatimiz miqdoricha bo'ladi. Taslim bo'lishimiz uchun U Zotni yaxshi tanishimiz kerak. Taniganimiz sari qalbimiz bog'lanadi. Bu uchun ilm olish talab qilinadi.

Ba'zan Alloh tomonidan tog'ridan to'g'ri qalbga muhabbat joylanadi. Bu muhabbat ham ilm olishga undaydi.

Bundan kelib chiqadiki, ilm va ishq bir biri bilan bog'liq. Allohga muhabbat ma'rifat orqali hosil qilinadi. Aksincha, ilmsiz holida ham qalbi ochilib, ishq berilgan bandalar ana shu ishqi orqali Alloh taoloni ma'rifatini izlaydi.
Ilmsiz ishq, ishqsiz ilm bo'lmaydi.

@Oxiratingizni_seving |