Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘onada ov qilish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan erkak | OvchilarUz Ov Qurollari | Oxotniki Ov Mavsumi Овчилар Охота и рыбалка Ов Мавсуми Охотники Узбекистана

Farg‘onada ov qilish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan erkak qidirilmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi erkak 28 noyabr kuni uyidan ov qilish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Viloyat IIB navbatchilik qismiga 1 dekabr kuni Qo‘shtepa tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan M.M. 28 noyabr kuni soat 06:30 da Yozyovon tumani Yangiobod MFYdagi suv omboriga ovga ketib, qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.

Ma'lum bo‘lishicha, M.M. ov quroli bilan “Damas” avtomashinasida chiqib ketganicha qaytib kelmagani sababli uning oila a'zolari Yozyovon tumanidagi suv ombori hududidan qidirgan. Ular “Damas” avtomashinasini qulflangan holatda, sumkalarini esa suv ichidan topgan.

Hozirda bedarak yo‘qolgan fuqaroni topish maqsadida Yozyovon tuman IIBning 45, Milliy gvardiyaning 21, FVVning 8 nafar qutqaruv guruhi a'zosi, hokimiyat vakillaridan 4, jamoatchilikdan 8, jami 86 kishi tezkor qidiruv ishlarida qatnashmoqda.

Овчилар канали
https://telegram.me/joinchat/AAAAAETnocqO5pFE5jEPkQ