Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi | Oliy taʼlim muassasalari

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi beshta bakalavriat yo‘nalishi tugatiladi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida bugungi kunda dolzarb bo‘lmagan 5 ta bakalavriat yo‘nalishi tugatilib, 2 ta magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab mazkur OTMlarda taʼlim dasturlari yetakchi xorijiy universitetlarning dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

Shuningdek, barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga oid malaka talablari qayta ko‘rib chiqiladi, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyaviy sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi.

@otmlarbot - Kirish imtihonlaridagi o‘tish ballari haqida to‘liq maʼlumot olish

@otmlaruz - abituriyentlar va talabalar uchun eng a‘lo kanal