Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon | Oliy taʼlim muassasalari

Abituriyentlar uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Davlat test markazi 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan quyida berilgan fan havolalari orqali tanishishingiz mumkin:

Biologiya fani (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida)
Geografiya fani (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida)
Matematika fani (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida)
Kimyo fani (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida)
Tarix fani (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida)
Fizika fani (o‘zbek tilida)
Huquq fani (o‘zbek va rus tilida)
Ona tili va adabiyoti fani
Rus tili va adabiyoti fani
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani
Ingliz tili fani
Fransuz tili fani
Nemis tili fani

@otmlarbot - Kirish imtihonlaridagi o‘tish ballari haqida to‘liq maʼlumot olish

@otmlaruz - abituriyentlar va talabalar uchun eng a‘lo kanal