Get Mystery Box with random crypto!

Oliy Ta'limga oid yangiliklar

Telegram kanalining logotibi otm_news — Oliy Ta'limga oid yangiliklar O
Telegram kanalining logotibi otm_news — Oliy Ta'limga oid yangiliklar
Kanal manzili: @otm_news
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 359
Kanalning ta’rifi

⚡️ Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishini bilmayotgan va topshirishda muammolarga duch kelayotgan abituriyentlar uchun
✅ O'qishga hujjat topshirib, sizga 5 ta ta'lim yo'nalishini tanlashda yordam beramiz, murojaat uchun 👉 @admissiondtmuz

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-22 21:12:15 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Moskva davlat lingvistik universiteti bilan qo‘shma dasturi

Yo'nalish

Tilshunoslik: tillar va madaniyatlarni o'qitish nazariyasi va usullari (ingliz tili)

Hujjat qabul qilish bugun 24:00 gacha davom etadi ya'ni bugun oxirigi kun !

Batafsil: https://uzswlu-international.uz/ru

Прием: https://docs.google.com/forms/

Kanalimiz @Otm_news
127 views18:12
Ochish/sharhlash
2022-07-22 20:59:52 Ho'p, kanalimizda bir yangilik qilmoqchiman , abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ayni damda O'zbekistonda yangi ochilgan va qabul davom etayotgan universitetlar haqida ma'lumot berib bormoqchiman , buning uchun menga sizning fikringiz muhim , fikringizni…
121 viewsedited  17:59
Ochish/sharhlash
2022-07-22 20:04:52 Ho'p, kanalimizda bir yangilik qilmoqchiman , abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ayni damda O'zbekistonda yangi ochilgan va qabul davom etayotgan universitetlar haqida ma'lumot berib bormoqchiman , buning uchun menga sizning fikringiz muhim , fikringizni izohlarda (comments) qoldirishingiz mumkin !

Abituriyentlarga tarqating , zero barcha talaba bo'lishga haqli

@Otm_news
194 viewsedited  17:04
Ochish/sharhlash
2022-07-22 16:48:55 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 23-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

Imtihonning yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 23-24-25-iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda

-smena — 08:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00) da;
-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00) da boshlanadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@UZB_DTM
183 views13:48
Ochish/sharhlash
2022-07-22 16:41:21 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 22-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 007 313 nafar.

Shundan:

374 319 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
632 994 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 544 922 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 433 510 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 22 776 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 105 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar.
Samarqand viloyati — 111 898 nafar.
Toshkent viloyati — 97 586 nafar.
Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar.
Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar.
Andijon viloyati — 66 517 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar.
Namangan viloyati — 63 449 nafar.
Jizzax viloyati — 59 325 nafar.
Toshkent shahri — 58 562 nafar.
Buxoro viloyati — 57 487 nafar.
Xorazm viloyati — 53 328 nafar.
Navoiy viloyati — 44 565 nafar.
Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar.

@UZB_DTM
121 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-07-22 14:47:27 Abituriyentlarga maslahatlar!

1. Avvalo himmatni katta qil. Maqsadni katta qoʻy, qoʻrqma! Shunga yarasha harakat qil maqsad bilan yasha!

2. Atrofingni maqsadi va harakati senga oʻxshaganlar bilan toʻldir.

3. Qaysi universitetga topshirish boʻyicha ota-onang, ustoz va doʻstlaring bilan maslahatlash lekin yakuniy qarorni oʻzing qabul qil. Masʼuliyatni oʻzingga ol.


4. Osilsang baland dorga osil jasadingni hamma koʻrsin! ( Oʻz qiziqishing yoʻnalishidagi eng zoʻr universitetga topshir)

5. Sen bilan birga tayyorlanayotgan Gulchehrani unut! Eʼtiboringni oʻqishga qarat. Baribir u sen pul topib sovchi joʻnatguningcha Eshmatga tegib ketadi.( Yoki oʻqishga kira olmasang tashlab ketadi)

6. Har doim eng zoʻrlarga raqobat qil, ular uxlamasa sen ham uxlama, ular ovqat yemasa sen ham yema, ular mehnat qilganda hech qachon dam olma.

7. Yoʻl-yoʻlakay magʻlubiyatlarga eʼtibor berma. Ular seni kuchliroq qiladi. Yiqilgandan keyin turishni oʻrgan.

8. Ijtimoiy tarmoqlarni, toʻy-tomosha va tugʻilgan kunlarni unut ular sen uchun emas.

9. Vaqtdan yutqizishdan qoʻrqib eng oddiysi ham boʻlaveradi talqinida ish koʻrma! Maqsading oliymi undan koʻra yiqilib yana tayyorlan keyingi yil albatta kirasan ishon!

10. Ibodatlarni student boʻlsam soʻng boshlayman dema! Bu dangasa va bahonachilarning gapi! Bu seni robbing bilan yaqinroq qiladi.

11. Imkoning boʻlsa Chet elda oʻqi yoki Oʻzbekistondagi chet el universitetlarida oʻqi. Agar oʻqish va oʻqimaslik yoʻli tursa mahalliy universitetlarda oʻqisang ham boʻladi (kamida hayotni oʻrganasan).

12. Yaxshilab fikr yurit sen tanlagan soha uchun 4 yil universitet kerakmi?! Agar zamonaviy kasblar boʻlsa ( IT, SMM va hk) unga 4 yil umr shartmas borib 6 oyda oʻrgan va ishlayver.

13. Ota-onang va ustozlar duosini ol.


Abituriyentlarga maksimal ulashaylik!

Abituriyentlikka "Off" deymiz:
@UZB_DTM
150 viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2022-07-22 14:30:03 Yunusobod tumanining ayrim hududlarida, jumladan Davlat test markazi joylashgan hududda elektr energiyasi yo‘qligi sababli my.dtm.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

@UZB_DTM
384 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-22 11:14:55 Перевод масаласи: Қачон муаммо , қачон мумкин эмас

Кундузги таълимдан қуйидагиларга кўчириш рухсат этилади:
• кундузги;
• сиртқи;
• кечки (сменали).

Кундузги таълимдан махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.

Сиртқи таълимдан қуйидагиларга кўчириш рухсат этилади:
• кундузги;
• сиртқи;
• кечки.

Сиртқи таълимдан махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.

Кечки таълимдан қуйидагиларга кўчириш рухсат этилади:
• кундузги;
• кечки таълим (фақат бир таълим соҳаси доирасида).

Кечки таълимдан сиртқи, махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.

Махсус сиртқи таълимдан қуйидагиларга кўчириш рухсат этилади:
• кундузги;
• махсус сиртқи;

Махсус сиртқи таълимдан сиртқи, кечки ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.

Диққат! Қўшма таълим дастуридагилар ҳамда Мақсадли қабул қилинганлар бошқа таълим йўналиши ёки таълим шаклига, бошқа ОТМга кўчира олмайди.

Сафимизга қўшилинг:
@UZB_DTM
135 views08:14
Ochish/sharhlash
2022-07-21 18:23:53 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 21-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 987 969 nafar.

Shundan:

371 284 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
616 685 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 537 948 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 421 797 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 22 305 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 5 919 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 113 008 nafar.
Samarqand viloyati — 110 014 nafar.
Toshkent viloyati — 95 746 nafar.
Farg‘ona viloyati — 90 038 nafar.
Surxondaryo viloyati — 83 958 nafar.
Andijon viloyati — 65 237 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63 962 nafar.
Namangan viloyati — 62 191 nafar.
Jizzax viloyati — 57 982 nafar.
Toshkent shahri — 57 625 nafar.
Buxoro viloyati — 56 436 nafar.
Xorazm viloyati — 52 362 nafar.
Navoiy viloyati — 43 686 nafar.
Sirdaryo viloyati — 35 724 nafar.

@UZB_DTM
156 views15:23
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:34:23 ​Rasman: 23-iyuldan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi) – tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqich – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

@UZB_DTM
160 views10:34
Ochish/sharhlash