Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari 2020-2021-o‘quv | Oliy talim yangiliklari

Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari

2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2020-yil 5-6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari yuridik texnikumlar joylashgan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09:00 dan 12:00 ga qadar, 2-smena soat 14:00 dan 17:00 ga qadar) tashkil etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani shaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) dan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasporti va ruxsatnomasi bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Bizning kanal
@qabul_2020_dtm_uz