Get Mystery Box with random crypto!

TIBBIYOT OLIY O‘QUV YURTLARIDA ANʼANAVIY TAʼLIMGA O‘TISHGA RUX | Oliy talim yangiliklari

TIBBIYOT OLIY O‘QUV YURTLARIDA ANʼANAVIY TAʼLIMGA O‘TISHGA RUXSAT BERILDI

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman anʼanaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan:

Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,

Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,

Toshkent farmatsevtika instituti,

Toshkent davlat stomatologiya instituti,

Andijon davlat tibbiyot instituti,

Buxoro davlat tibbiyot instituti,

Samarqand tibbiyot institutining

bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun anʼanaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bizning kanal
@qabul_2020_dtm_uz