Get Mystery Box with random crypto!

#xorijiy_stajirovkalar Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika | OTFIV ǀ RASMIY

#xorijiy_stajirovkalar

Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika instituti PhD assistenti Ahmedova Shahzoda va Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD Dilbar Boymirzayevalar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilingan “Yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish” boʻyicha tanlovda gʻolib chiqib, hozirda Germaniya Respublikasidagi Otto-Fridrix nomidagi Bamberg Universitetida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan mazkur stajirovka doirasida Otto-Fridrix nomidagi Bamberg Universitetining Taʼlim va ijtimoiy Gumanitar fanlar fakultetida “Germaniyaning taʼlim jarayonini innovatsion yondashuvi” va “Kasbiy va shaxsiy yetuklik koʻrsatkichi sifatida talabalarda frustratsiyaga tolerantlikni rivojlantirish” mavzularida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube