Get Mystery Box with random crypto!

#Hudulardan_xabarlar Professional ta’lim muassasalarida “Avt | OTFIV ǀ RASMIY

#Hudulardan_xabarlar

Professional ta’lim muassasalarida “Avtomobillarni ta’mirlash chilangarlari” yo'nalishi o‘quvchi yoshlarning kasbiy malakalari va intellektual salohiyatini yanada oshirish hamda sog‘lom raqobatni yaratish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida “Kasbim yo‘lidagi baxtiyorlik” deb nomlangan do‘stlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tumani kasb-hunar maktabining o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Musobaqada o‘quvchilar avtomobil tuzilishi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqish hamda Besh muhim tashabbus doirasidagi musobaqalarda bellashib, maqtov yorlig‘i va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube