Get Mystery Box with random crypto!

Shox quvnadi daryolar Shodligingdan so'rayin Ozroq bergin me | Otam onam

Shox quvnadi daryolar
Shodligingdan so'rayin
Ozroq bergin menga ham
Men onamga berayin

Tongda chaqqon qõshning
Kulguchini kõrarman
Menga ham ozroq
Jannatimga berarman

Umri uzoq chinorlar
Hadya ayla menga ham
Jannatimga berarman
Qancha bersam shuncha kam

Sabri serob ollohim
Bardoshingdan ber menga
Onamga berib qõyay
Shukur qilar u senga

Kuchga tolgan minoram
Kuvvatingdan olaman
Yegib-terib barisin
Jannatimga berarman

Lolalarning xusniga
Õhshab turar yuzingiz
Terib oldim birma -bir
Jannatimning õzuga

Shirinliklar pishirdim
Õzim yemasdan qo'ydim
Taqsimladim qolganin
Onamga olib qõydim

Tinchlik ramzi hunoqush
Qayg'u g'amni kõmib qõy
Shu tinchlikdan yetarli
Onam uchun berib qõygin

Umir ber chin baxt bergin
Orzusidan taxt bergin
Jannat degan qalbingdan
Jannatimga joy bergin

Bemor yotgan bemorga
Ollohim shifo bergin
Shu shifodan kõprog'in
Onamga berib qo'ygin