Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi bu dunyoda biz nimadan qo'rqamiz: Ertani ko'ra olma | American life [OTABEK]

Bilasizmi bu dunyoda biz nimadan qo'rqamiz:

Ertani ko'ra olmaslikdan.

O'zingiz o'ylab ko'ring,

Muhim qaror qabul qilmoqchi bo'lganingizda...

Qaroringizni o'zidan qo'rqmaysiz.

Qaroringiz noto'g'ri bo'lsa duch kelishingiz mumkin bo'lgan muammolardan qo'rqasiz.

Sizga ishonadigan va sizdan umid qiladigan insonlarni yuzini yerga qaratishdan qo'rqasiz.

Boshqa odamlar siz haqingizda nima deb o'ylashidan qo'rqasiz.

Va erishmoqchi bo'lgan narsangizga erisha olmaslikdan qo'rqasiz.

Hammasi joyida - qo'rquv bu normal tuyg'u.

Lekin Muvaffaqiyatli insonlarni oddiy insonlardan ajratib turadigan narsa bu - qo'rquvni yenga bilish qobiliyati.

Bu ular hech narsadan qo'rqishmaydi degani emas.

Ular shunchaki ertangi kunni yaxshiroq tushunishadi.

O'zi aslida bu o'ylaganingizdanda oddiyroq.

Aksariyat insonlar qaror qabul qilishganidayoq kelib chiqadigan natijaga e'tibor berishadi.

Va shuning uchun ham qo'rqishadi. Chunki qarorlari orqali erishishadigan ertangi natijani ko'ra olishmaydi.

Misol uchun, o'quv kursiga sarmoya kiritishni olaylik.

Aqlli va muvaffaqiyatli insonlar ertangi natijaga e'tiborni qaratishadi.

"Agar hozir o'qishga sarmoya qilsam, albatta vaqtinchalik pulim kamroq qolishi mumkin...

Lekin yangi bilimlar va mahoratlarni o'rganaman, bular orqali esa o'z maqsadimga tezroq erishib manga ishongan va mandan umid qilgan insonlarni yuzini yorug' qilaman.

Lekin hozir sarmoya kiritmasam, albatta vaqtinchalik ko'proq pulim bo'ladi...

Lekin yangi bilimlar va mahoratlarni qo'ldan boy beraman. Shuningdek orzu maqsadlarimga erisha olmasligim va hech qachon hozirgidan ko'p daromad qila olmasligim mumkin."

Mana qanday fikr yuritish kerak. Shunday fikrlasangiz ertani ko'rishingiz osonlashadi.

Muvaffaqiyatli insonlar xuddi shunday fikrlash orqali tezkor qaror qabul qilishadi va qo'rquvlarini yengishadi.

Siz bugun bir necha yuz ming so'mdan keching va maqsadingizga bir necha barobar tezroq erishing!