Get Mystery Box with random crypto!

XMT, UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining t | Otabek Umarov

XMT, UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlovchi bayonoti

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamg’arnasi (UNICEF) va Jahon banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va O‘zbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambag’allik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek O‘zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

Agentlikning vazifalari qatoriga aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining kompleks va har tomonlama chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, zaiflikning oldini olish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish kiradi. Tashkil etilgan Agentlik tarqoqlik, ijtimoiy himoya funktsiyalaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, tizim monitoringi va baholashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga qat’iy ishonamiz. Bundan tashqari, Agentlik bolalarni himoya qilish va nogironligi bo’lgan shaxslar inkyuziyasi borasidagi ustuvor yo‘nalishlarga xalqaro standartlar va me’yorlarga muvofiq ravishda alohida e’tibor berishi quvonarlidir. Ushbu agentlik vakolatli organ sifatida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy himoya siyosatini ishlab chiqishni, shuningdek bandlik sektori va boshqa xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Umid qilamizki, Agentlik milliy ijtimoiy himoya siyosatining me’yoriy asoslarini belgilab beradi, alohida dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi hamda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini dalillarga asoslanib nazorat qilgan holda ularning muvofiqlashtirilganini ta’minlaydi.

Agentlik doirasida O‘zbekistonda oilalar va bolalar farovonligiga ta’sir etuvchi, uzoq davom etadigan yoki to‘satdan sodir bo‘ladigan zarba va inqirozlarga moslashuvchi va tezkor javob beradigan, ularning chidamliligini mustahkamlaydigan ijtimoiy himoya tizimini yaratish uchun ulkan imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz.

XMT, UNICEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yo‘lida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun O’zbekiston hukumatini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor.