Get Mystery Box with random crypto!

Olimlar tosh asri million yoki necha ming yil oldin o‘tib ketg | Huquqshunos Hamrayev

Olimlar tosh asri million yoki necha ming yil oldin o‘tib ketgan deyishadi. Lekin men ayrim odamlarning tosh qalblariga qarab, bu gapga ishongim kelmaydi. Tosh asri tugamaganga o‘xshaydi.

Bir kishi o‘zining singlisi bilan yuz ko‘rmas darajada arazlashgan ekan. Uzoq yillar davomida aka-singil begonalarday yurishgan. Vaqti kelib, singil qazo qilganida aka fotihaga bormoqni ixtiyor etib, harakatini "o‘likning hurmatini qilib qo‘yish kerak", deb izohlabdi.
Ajab, ming bor ajab! Durust, o‘likning hurmati bor ekan. Tirikning hurmati-chi?

Tohir Malikning

__________________________
@otabek_hamrayev
__________________________