Get Mystery Box with random crypto!

Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

Telegram kanalining logotibi oson_ona_tili — Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna O
Telegram kanalining logotibi oson_ona_tili — Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna
Kanal manzili: @oson_ona_tili
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.47K
Kanalning ta’rifi

O'zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan kanal.
Reklama xizmati mavjud↘️↘️↘️
Murojaat uchun:
| @Nozima_utkirovna |
Onlayn dars, natijalar va namunalar:
https://t.me/Online_kursdanamuna

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-22 17:12:18 Majburiy Ona tili @OSON_ONA_TILI kanali uchun Sherbutayeva Dilyora” testi
10 ta savol · 30 soniya
1.5K viewsDilyora Dilshodovna, 14:12
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:03:22 Kanalimiz uchun yana qanday maʼlumotlar tashlaganimiz siz uchun maʼqul . Kamentariyalaringizda fikrlaringizni qoldiring.
1.5K viewsDilyora Dilshodovna, 12:03
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:22:06 Ona tili fanidan aralash test @OSON_ONA_TILI kanali uchun Sherbutayeva Dilyora” testi
10 ta savol · 30 soniya
1.7K viewsDilyora Dilshodovna, 04:22
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:42:55 Chegirmali narxda kuzgi attestatsiya uchun avgust oyi uchun guruh ochmoqchimiz. Qatnashadigan ustozlarimiz bormi.
Narxini supper chegirmali qilamiz. Siz bunaqasini hali ko'rmagansiz.
278 viewsNozima O'tkirovna, 12:42
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:28:27 Ona tili va Adabiyot @OSON_ONA_TILI kanali uchun Nozima O'tkirovna ” testi
31 ta savol · 45 soniya
519 viewsNozima O'tkirovna, 08:28
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:09:33 #Test_va_tahlil

Qaysi javobda shaxs-son shakllari qatnashgan?
A) Kelinglar, dam olinglar!
B) Vaqting bormi oʻzi?
C) Qani ketdik.
D) Koʻzingga qarab yur, bola!

Javobni topamiz!

A) kel(feʼl) + inglar(II shaxs buyruq-istak mayli), olinglar ham xuddi shunday
B) Vaqt(ot) + ing(egalik). Shaxs-son qoʻshimchalari hech qachon otga qoʻshilmaydi.
D) Koʻz(ot)+ing(egalik)+ga(kelishik)
C) Ket(feʼl)+di(zamon)+k(shaxs-son)

Endi dehqonchasiga: Mayl qoʻshimchalarining otni kallasidek yuragi bor. U toʻgʻri borib feʼlga kalla qoʻyadi. M: Kel(feʼl)+ ing(mayl).
Lekin shaxs-son unday emas, zamon qoʻshimchalaridan birontasi qoʻshilib boshlab bermasa, hech qachon yuragi betlab feʼlga oʻzidan oʻzi qoʻshilolmaydi. Mustaqil qaror qabul qilolmaydi. M: Kel(feʼl)+di(zamon)+ing(shaxs-son)
Koʻpchilik abituriyentlarimiz javobni toʻgʻri topib, izohlab berishdi. Qolganlar, yaxshilab oʻqinglar! DTM tuzoqlariga ilinmanglar. Har bir savolga shubha bilan qarang...

Biz bilan ona tili va adabiyotni secretlarda
717 viewsNozima O'tkirovna, edited  03:09
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:12:01 Lug'atlar Morfologiya @OSON_ONA_TILI kanali uchun Nozima O'tkirovna ” testi
40 ta savol · 30 soniya
1.5K viewsNozima O'tkirovna, 08:12
Ochish/sharhlash
2022-07-06 04:37:25 #11_sinf_mashq_tahlili

Gaplarda metonimiya va sinekdoxa yoʻli bilan hosil boʻlgan
koʻchma ma’nolarni izohlang.

1.Undan keyin sizning dasturxoningizni solib,qoʻlingizga suv berib, qizingizning choklarini tikishib,xizmatingizni qilib yotardim!(Choʻlpon)

2.Toki gʻolib ekan muzaffar oʻlka, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat.(A.Oripov)

3.Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa, Oltin boshning kalla boʻlgani shudir.(E.Vohidov)

4.Balki,tush koʻrganday qolursiz hayron, EshitibToshkentning sabr-u toqatin.(A.Oripov)

5.Sevgidan yetim-u umrdan yarim, Qurigan koʻksida yolgʻiz belanchak. Abadiy firoqni,hayhot,doʻstlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak.(A.Oripov)

6.Bashirjon yoniga agʻdarildi:«Rahmatli chol toʻgʻri aytarkan.Undan-ku,bir tirnoq― men qoldim.Yaxshimi-yomonmi,harqalay,ismini familiya qilib yuribman».(N.Aminov)

Yechim:

Matnda qo‘llangan metaforalar:
gʻolib ekan muzaffar oʻlka;
Oltin bosh;
Toshkentning sabr-u toqatin;
Sevgidan yetim;
Qurigan koʻksi;
Yotardim

Matnda qo‘llangan metonimiyalar:
qizingizning choklari– tikayotgan matolari(kiyimlik yoki
ko‘rpalik)
Oʻzbek Navoiyni(Navoiy asarlarini)oʻqimay qoʻysa;
Toshkentning(Toshkent shahrining)sabr-u toqatin.
Matnda qo‘llangan sinekdoxa:
birtirmoq(farzand ma’nosida)―men qoldim
.
1.1K viewsNozima O'tkirovna, 01:37
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:01:24 Sintaksis 5-qism @OSON_ONA_TILI kanali uchun Nozima O'tkirovna” testi
40 ta savol · 45 soniya
1.1K viewsNozima O'tkirovna, 12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 10:14:44 1-topshiriq.
Berilgan gapni oʻqing va qaysi til vositasini notoʻgʻri qoʻllash tufayli nutqning mantiqiyligi buzilganini izohlang.

Sudning kimyoviy ekspertizasi T.Boʻriyevning qoʻllari,kurtkasining
chapchoʻntagidagi maxsus kukun izlari mavjudligi,kukunlar tarkibi ham bir-birigamosligi aniqlandi.

Yechim:
Gap qurilishida ayrim
grammatik (morfologik) vositalarning
yetishmasligi va gap bo‘laklarining joylashuvida tartibning buzilganligi
tufayli gap mazmunida noaniqlik va mantiqiy xatoliklar kuzatilgan.Shu bois
jumla qurilishini quyidagicha o‘zgartirish maqsadga muvofiq.

Sudning kimyoviy ekspertizasi tomonidanT.Boʻriyevning qoʻllarida
va kurtkasining chap choʻntagida maxsus kukun izlarining mavjudligi
hamda ularning tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi.
1.3K views07:14
Ochish/sharhlash