Get Mystery Box with random crypto!

#10_ona_tili TAQIM Tizzaning orqa tomonidagi chu | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

#10_ona_tili
TAQIM

Tizzaning orqa tomonidagi chuqurcha taqim deyiladi. Inson tanasining bu qismi ko‘p tillarda nomga ega emas. Internetda tilga oid faktlar orasida “Tizzaning orqa qismi hech qaysi tilda nomga ega emas” degan jumlaga duch kelishimiz mumkin. Biroq bu fakt xabarchilari o‘zbek (turkiy) tilidan bexabar ko‘rinishadi.

Bobolarimiz sochi uzun qizlarni ta’riflashda “sochi taqimiga tushar ekan” deyishgan; uloq (ko‘pkari) o‘yinida “uloqni taqimiga bosdi” degan ifoda hamon qo‘llanadi
.