Get Mystery Box with random crypto!

Mishutka' shirinligi. Kerakli masalliqlar: Tuxum-7 ta  Margar | 🎂 OSHPAZ KELIN 🎂

Mishutka" shirinligi.
Kerakli masalliqlar:
Tuxum-7 ta 
Margarin -500 gr 
Un-600-800 gr 
Razrexlitel-1 pachka 
Smetana-2 osh qoshiq 
Shakar- 450 gr 
Yong'oq tozalangan-200 gr 
Quyiltirilgan sut-300 ml 

Tayyorlanishi:

Xona xaroratida erigan margarinni un bilan kroshka qilib olamiz. 
Razrexlitel solib aralashtirib olib, ustiga smetana, shakar 100 gr va tuxumni oqini sarig'idan ajratib, sarig'ini solib yumshoqinna xamir qoramiz. 
Muzlatish uchun muz xonaga yuboramiz 2-3 soatga.
Muzlagan xamirimizni olib pergament
solingan list ustiga qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz , va 350 gr shakar solib yana ko'pirtirishda davom etamiz.
Va ko'rjlarimiz ustiga konditer qopchasiga solib gul shaklida chiqarib olamiz. Ustiga xoxishga ko'ra yong'oqni to'g'rab yoyib chiqamiz. 
Ustidan qolgan xamirimizni xam qirg’ichdan chiqarib olamiz.
Duxovkaga 160 gradusda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. 

Pishib chiqgan ko’rj ustiga quyultirilgan sut quyib olamiz. 
Xoxishga ko'ra bezatamiz. 
3-4 soat krem singib olguncha yemay turing
Yoqimli ishtaxa


Chat guruhimizga marhamat
@superkelinlar

┄┅┅••═•⊰ ⊱•═••┅┅┄
@SUPERKELINCHAK
https://telegram.me/joinchat/AAAAAER3A7dY_6JStJ_DLg
┄┅┅••═•⊰ ⊱•═••┅┅┄