Get Mystery Box with random crypto!

Koza shorva Uyda barcha qoidalarga rioya qilgan holda juda ma | 🎂 OSHPAZ KELIN 🎂

Koza shorva
Uyda barcha qoidalarga rioya qilgan holda juda mazali qaynatma sho’rva tayyorlashni maslahat beraman. Ushbu sho’rva qo’y go’sht…
Bunday sho’rva qovurilmay tayyorlanadi, ammo bu sho’rva ta’mini buzmaydi, aksincha, unga o’zgacha maza taqdim etadi.oddiy qozonda qaynagan shorvadan keskin farq qiladi.
Kerakli masalliqlar:
1. Go’sht — 500 gr.
2. Piyoz — 2 dona
3. Kartoshka — 3 dona
4. Sabzi — 1 dona
5. Pomidor — 1-2 dona
6. Bulg’or qalampiri — 2 hil 1tadan
7. Sarimsoq piyoz — 5-6 bo’lak
8.dumba-ozgina
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
Ko’zalarning ichiga, avval, kerakli bo’laklarga bo’lingan go’sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg’or qalampirlari, ko’katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta’bingizga ko’ra ziravorlar solsa xam bo’ladi. Ustidan, masallliqlarni ko’mgunicha suv solinadi. So’ng, ko’zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi. Ko’zadagi suv qaynab chiqqach, gaz duhovkasining olovi o’rtacha pasaytiriladi. Bunda, ko’zadagi suv miqdori kamayib ketmasligi shart. Bu ko’za sho’rvani, go’shtning qattiq yoki yumshoqligiga qarab, 1,5-2 soat pishiriladi.(manda 3-3 yarim soatda pishdi)
Taom sho’rvasi aloxida kosada va masalliqlari likopchada dasturhonga tortiladi.
Yoqimli ishtaxa!
Layk bosishni unutmang

Chat guruhimizga marhamat
https://t.me/joinchat/OdbAuPhV7AowZmRi

Kanalimiz linkini yaqinlaringizga ham ulashing
┄┅┅••═•⊰ ⊱•═••┅┅┄
@Oshpaz_kelin
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEgiu_nvc_UYs5wdgg
┄┅┅••═•⊰ ⊱•═••┅┅┄