Get Mystery Box with random crypto!

Mening ruhim telbavor, Mashrablar bobom o'tgan, Mening qalbim | Jannat Kaliti Islom 🕋

Mening ruhim telbavor, Mashrablar bobom o'tgan,
Mening qalbim Boychibor, ichimga suron ketgan,
Manman degan qavmlar bariga qiron ketgan,
Men Haq desa yig'lagan ko'zlarning qavmidanman.

Men o'zimni bilmayman, o'zimni tanimayman,
O'zimni ko'rmaganman, yuzimni tanimayman,
She'r aytmasdan yo'l bossam izimni tanimayman,
Men o'sha "Yaral" degan so'zlarning qavmidanman.

Mening yoshim ko'rganlar, kulganimni ko'rmagan,
Kulganimni ko'rganlar, yig'laganim bilmagan,
Ha, men o'sha!
Men o'sha!
Hech kimga aytilmagan,
Faqat dilda yashnagan rozlarning qavmidanman.

Mening ruhimda bahor, xotirlarim gullaydi,
Suyaklarim gul ochgan, tomirlarim gullaydi,
Meni ko'plar tushunmas, meni ozlar qo'llaydi,
Axir men o'sha ko'pmas, ozlarning qavmidanman,
Men o'sha "Yaral" degan so'zlarning qavmidanman.

Yaqinlarizgaham ulashing
@oshigi_jannat