Get Mystery Box with random crypto!

​​​#HAYOT... Orzu — yomgʻirlarda tomchilagan baxt, Armon — e | 𝐎‘𝐑𝐓𝐀 𝐂𝐇𝐈𝐑𝐂𝐇𝐈𝐐 𝐘𝐎𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈®

​​​#HAYOT...

Orzu — yomgʻirlarda tomchilagan baxt,
Armon — erib ketgan qorning parchasi.
Niyat — bedor tunlar qilganimiz - ahd,
Hayot — senga tutgan umrim barchasi.

Visol — bizlar sabab goʻzal boʻlgan on,
Hijron — begonaga aylangan doʻstim.
Umid — dardli kunlar tutganim qalqon,
Afsus — vujudimga yetmas kam-koʻstim.

Shukr — tillarimdan tushmagan kalom,
Quvonch — koʻzlaringda oʻqigan baytim.
Tole — har tong senga yoʻllangan salom,
Baxt-chi, duolarga berilgan qaytim.

Xayol — oʻngimizga koʻchrilgan imkon,
Chidam — diydorgacha toʻxtagan fursat.
Orom — osmonlarda qoʻnim topgan jon,
Sogʻinch — qalblar uchun ilohiy nusrat.

Ishqim — niyatlardan qad koʻtargan ark,
Mehrim — kiprigingni namlagan shabnam.
Xayol siymoingni eta olmas tark,
Sen mening yurakdan yaralgan mujdam...

@Orta_Chirchiq_Yoshlari