Get Mystery Box with random crypto!

AQSHda ishlayotgan o‘zbekistonlik taksi haydovchisi qancha top | "Orion Visa"™ - Visa to 🌏🌍

AQSHda ishlayotgan o‘zbekistonlik taksi haydovchisi qancha topadi?

rossiyalik bloger Yaroslav Levashov Youtube’dagi o‘z sahifasida video joylashtirdi.

“Amerikada bir yilda ikki marta hordiq chiqarish mumkin. Maoshlar buni ko‘taradi. Yomon tomoni shundaki, har kuni mehnat qilishing zarur. Yaxshi tarafi hamma narsa mo‘l-ko‘l. Shifokorlar yoki benzin bilan hech qanday muammo yo‘q. 20 dollarga bir marta yonilg‘i qo‘yasan, yetadi”, deydi u.

“Maosh masalasida men o‘z-o‘zimga xo‘jayinman. Dispetcher yo‘q. Juma kunlari 550 dollar tushadi. Qolgan kunlari har xil. Mana, masalan bugun hozircha 370 dollar. Sakkiz soatda shuncha ishlayman”.

U to‘qqiz yildan buyon Amerikada yashayotganini ta’kidlagan.

“Bir yilda bir marta yurtimga borib kelaman.Men va rafiqam har oy uyga 4500 dollar jo‘natamiz. Bu yerda hammasi yaxshi. Ikki oy ishingizni ko‘rishdimi, bank sizga darhol 5000 dollar kredit ajratadi. Buning uchun hech qanday hujjat kerak emas, faqat haydovchilik guvohnomasi bo‘lsa bas”,
deydi taksi haydovchisi.