Get Mystery Box with random crypto!

Orif Tolib sahifasi

Telegram kanalining logotibi oriftolib — Orif Tolib sahifasi O
Telegram kanalining logotibi oriftolib — Orif Tolib sahifasi
Kanal manzili: @oriftolib
Toifalar: Bloglar , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.32K
Kanalning ta’rifi

Tahrir. Imlo. Savodxonlik.
Reklama:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Hamkorlik boʻyicha:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-16 16:00:10 Tang qolmoq: “tang” nima degani?

Tang
soʻzi fors tilidan oʻtgan, asliyatda tor, siqiq, zich maʼnolariga ega. Oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

Oraligʻi, eni, hajmi yetarlicha katta boʻlmagan; tor, chogʻ.

Tang yoʻlak.

Vaqt tang, dalada ish tigʻiz.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Qutulish, hal qilish yoki iloji, davosini topish juda qiyin boʻlgan, gʻoyat ogʻir, mushkul, nochor.

Tang ahvol. Tang vaziyat. Bemorning ahvoli tang.

Ishning eng tang joyi – qum bilan shagʻalning yetishmasligida.
A. Muxtor, Tugʻilish.

Baʼzan soʻzlar iboralar tarkibida lugʻaviy maʼnosidan uzoqlashadi. Tang qolmoq (yoki qotmoq) iborasida ham tang soʻzi yuqorida sanalgan maʼnolarni anglatmaydi. Ibora butun holatda hayratda qolmoq degan maʼnoga ega:

Zulayxoning osoyishta yuziga qarab tang qoldim.
P. Qodirov, Qadrim.

“Har qalay, uygʻotay”, dedi yana ona va oʻgʻlining boshiga egildi, egildi-yu, tang qotdi.
I. Rahim, Chin muhabbat.

@oriftolib
2.1K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:30:01
“Nashʼa” nima degani?
Anonymous Quiz
21%
Narkotik modda
79%
Huzur, gasht
1.4K voters2.4K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:00:14
“Tang qolmoq” iborasi qanday maʼnoga ega?
Anonymous Quiz
77%
Ilojsiz qolmoq
20%
Hayratda qolmoq
3%
Gʻamga botmoq
1.3K voters2.3K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-12 18:50:04
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
7%
Nagʻora
20%
Nogʻara
73%
Nogʻora
1.5K voters3.2K views15:50
Ochish/sharhlash
2022-08-12 10:30:00“Bilmoq” haqida bilib oling

Arabcha علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar:

Ilm علم – bilmoq, bilim.

Olim عالم – biluvchi, bilimdon.

Maʼlum معلوم – bilingan, kimdir bilgan narsa.

Muallim معلم – bildiruvchi, bilim beruvchi.

Taʼlim تعليم – bilim berish, bildirish.

Maʼlumot معلومات – bilingan narsalar, “maʼlum”ning koʻplik shakli.

Alloma علامة – oʻta biluvchi.

Ulamo علماء – biluvchi, olim (aslida bu soʻz “olim” soʻzining koʻpligi – olimlar degani. Lekin bizga koʻplik shakli birlik maʼnoni anglatadigan soʻz boʻlib oʻzlashgan).

Olam عالم – bilingan, yoki bilish mumkin boʻlgan borliq.

Alam علم – bildirib turuvchi, belgi, yaʼni bayroq. “Alambardor” degani bayroqdor degani.

Aʼlam أعلم – biluvchiroq. “Allohu aʼlam” iborasi Alloh biluvchiroq degani.

Alomat علامة – bildirib turuvchi narsa, belgi.

Husan Xidirboyev sahifasidan olindi.

Manba

@oriftolib
10.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-11 16:15:42
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
77%
Pul undirdi
12%
Pul undurdi
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
1.4K voters2.7K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:30:00
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Diagonal
19%
Diaganal
22%
Diogonal
1.7K voters4.2K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-06 15:00:10
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Parallelegramm
65%
Parallelogramm
3.2K voters7.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-08-06 14:50:31
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
41%
Parallelepiped
59%
Parallelopiped
3.1K voters7.5K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-05 13:00:29
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Shaxrixon
81%
Shahrixon
6%
Shahrihon
1.6K voters3.5K views10:00
Ochish/sharhlash