Get Mystery Box with random crypto!

Davr Ishqoriy metalldan boshlanib, inert gaz bilan yakunlanadi | Orifjonov Kimyo | Mega Sertifikat 2023-2024

Davr
Ishqoriy metalldan boshlanib, inert gaz bilan yakunlanadigan elementlar qatori.


Davriylik
Ma’lum intervaldan so‘ng xossalarning takrorlanishi

Davriy sistemada 8 ta yoki 18 ta elementlar qatoridan so‘ng xossalar takrorlanadi.


Davriy qonun ta’rifi

1-eski ta’rif
Elementlar va ulardan hosil bo‘ladigan oddiy va murakkab moddlarning xossalari element atomlarining atom massalariga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi.

2-yangi ta’rif
Elementlar va ulardan hosil bo‘ladigan oddiy va murakkab moddlarning xossalari element atomlarining atom yadro zaryadiga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi.


Mendeleyev davriy sistemani yaratgan vaqtda 63 ta element ma’lum bo‘lgan, va asosiy e’tiborni elementlarning massalari ortib borishiga qaratgan.Lekin, Nikel-Kobalt, Argon-Kaliy va Yod-Tellur elementlarida shu tushuncha xatoligi isbotlanadi(yangi va eski ta’rif qora bilan ajratilgan).Shu sabab, asosiy e’tibor massaga emas, yadro zaryadga qaratilgan.


Davriy xossalar:Atomlarda

Davrlarda o‘nnga va guruhlarda tepaga ortadi

Metallmaslik
Elektromanfiylik
Ionlanish energiyasi
Elektronga moyillik
Oksidlovchilik


Davrlarda chapga va guruhlarda pastga ortadi
Atom radiusi
Metallik
Qaytaruvchilik


Murakkab moddalarda

Oksidlarda asoslik
Oksidilarda kislotalik
Bog‘ barqarorligi
Bog‘ qutbliligi
Vodorodli birikmalarda
     dissosiyalanish


Yuqoridagi barcha xossalar ortishi berilgan bo‘lib, kamayishi so‘ralgan paytda berilgan yo‘nalishni teskarisi olinishi kerak.

Kanal qo'shilish
@ORIFJONOV_KIMYO
@ORIFJONOV_KIMYO